
"Manchester Yunayted" hozir so'nggi 54 yil ichidagi eng yomon holatida. Yevropadagi eng yomon himoya, ligada oxiridan bitta oldingi o'rin - ular hech qachon mavsumni bunchalik yomon boshlamagan edi.
"Liverpul"ga qarshi o'yinda men asosiy tarkibda Harri Maguayrni maydonga tushirgan bo'lardim. MYUning eng yaxshi himoya to'rtligi - Shou, Dalot, Maguayr va Martines. Ochiq aytaman: bu kuchsiz himoya chizig'i. Lekin bu "Manchester Yunayted"da bor bo'lgan eng yaxshi to'rtlik.
Agar aynan shu to'rt futbolchi maydonga tushirilsa, jamoa g'alabalarga erisha oladi. Ular bilan hech bo'lmaganda raqobatlashish mumkin. Ammo "Liverpul"ga qarshi tushgan himoya tarkibi yoki bir necha hafta oldin "Aston Villa" bilan o'yinni yakunlagan - Mazraui, Dorgu, Yoro va Xevendan iborat himoya bilan siz ligada qola olmaysiz, tushib ketasiz. Bu fakt”, – deya Nevillning so'zlaridan iqtibos keltirdi “Sky Sports”.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul"ga qarshi bahsning 8-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Leni Yoro qizil kartochka oldi.
"Manchester Yunayted" 11-turdan so'ng 8 ochko bilan APL turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi. Jamoa mavsumdagi barcha musobaqalarda 34 ta gol o'tkazib yubordi - bu Yevropaning kuchli beshlik ligalari vakillari orasidagi eng yomon ko'rsatkich.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13683 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8554 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4206 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3486 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3218 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2719 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2667 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2586 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2103 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1918 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида