
Bahs Liverpuldagi "Enfild" stadionida bo'lib o'tdi. Unda Semyuel Barrott bosh hakam sifatida ishladi.
"Buni juda muhim g'alaba deb hisoblayman, "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlar doimo keskin kurashlar ostida kechadi. Undan zavqlanishga haqlimiz. Premer-ligada xursand bo'lish uchun kamdan-kam imkoniyat tug'iladi, hatto g'alaba qozongan taqdiringda ham ko'proq qiynalasan. Bu safar tanaffusdayoq biroz xursand bo'lishga ulgurdik, ikkinchi bo'limda esa bor e'tiborimizni xavfli vaziyatlar yaratishga qaratdik.
Bizga yanada ko'proq g'alabalar va ochkolar, ayniqsa uy uchrashuvlarida kerakligiga hali ham ishonchim komil. Safarda yomon o'ynamayapmiz, biroq "Enfild"da ma'lum darajada ochko yo'qotishlarimiz bor. Bu yerda Chempionlar Ligasi va Liga kubogida ajoyib harakat qilyapmiz. Chempionatning katta o'yinlarida esa bizga nimadir yetishmayotgan edi.
"Manchester Siti" va "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdik, ammo o'sha bahslarda jamoamiz yomon o'ynadi deb ayta olmayman. Uy o'yinlaridagi ko'rsatkichlarimizni yaxshilash niyatidamiz va bugungi g'alaba juda muhim. Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi, bugun bir nechta yaqqol golli vaziyatlarni qo'ldan chiqardik. Avvalgi uchrashuvlarimizda ham shunday holatlar kuzatilgandi, bugun esa o'yinni to'liq nazorat qildik va barcha voqealar raqib jarima maydonchasi atrofida kechdi.
4:0 hisobi biz uchun turnir jadvali nuqtayi nazaridan ham, o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirish jihatidan ham yaxshi natija. Biz shu yerda - o'z uyimizda yanada yaxshiroq natijalarga erishishga harakat qilamiz", - deya Iraolaning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sky Sports'ga tayanib.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13650 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8527 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4161 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3438 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3206 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2710 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2643 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2574 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2067 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1906 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида