
Vodiy derbisi va Poytaxt derbisida mezbonlar irodali g'alabalar qayd etishdi.
Shu orqali Superliganing 2026 yilgi mavsum chempioni ushbu turda aniqlanmaydigan bo'ldi. Hattoki, kuchli uchlik sifatida ajralib chiqqan 3 jamoaning ham o'rni aniq emas.
“Neftchi”ning chempionlik uchun imkoniyatlari juda yuqori. Aslida bu bugun ham hal bo'lishi mumkin edi, “Lokomotiv”ning “yordamidan” "farg'onaliklar foydalana olishmadi. Ammo oldindagi ikki o'yindagi bir ochko ham jamoani ketma-ket ikkinchi chempionlik sari etaklaydi. Bu deyarli hal bo'lgan masala va bu keyingi turdayoq hal bo'lishi, “Neftchi”ga sovrin o'z uyida topshirilishi mumkin.
Superliganing so'nggi 2 turida esa jiddiy intriga bor: 2-o'rin masalasi.
20-turda “Paxtakor” o'zaro o'yin hisobiga peshqadamlikka ham chiqib olgan, “Navbahor” bilan oradagi farq esa 7 ochkoni tashkil qilardi. Endi esa jamoa 2-o'rinni saqlab qolish uchun harakat qilishi kerak. Aks holda, kelasi yil uchun xalqaro maydonlar “qulog'ini ushlab ketadi”.
Vodiy derbisidagi “Navbahor”ning g'alabasi va Poytaxt derbisidagi “Paxtakor”ning mag'lubiyatidan keyin jamoalar orasidagi farq 1 ochkoni tashkil etmoqda.
“Navbahor” ayni damda juda ajoyib jismoniy holatda: jamoa so'nggi 16ta o'yinda mag'lub bo'lmadi. Oldindagi raqiblar esa ligada “jon saqlab qolish uchun” kurashayotgan “So'g'diyona” va “Qo'qon-1912”. “Paxtakor” ham “So'g'diyona” bilan o'ynaydi va “Qizilqum”ga qarshi bahs ham bor.
“Navbahor”ning xalqaro maydon uchun boshqacharoq yo'li ham bor: Kubok.
Hozirgi holatda Superligada 2-o'rinni olgan jamoaga eng kamida OCHL 2 musobaqasi kafolatlanadi. 3-o'rin esa kelgusi yilda faqatgina ichki chempionat bilan kifoyalanishi mumkin (lekin buning ham istisnolari bor).
Agarda “Navbahor” ham 2-o'rinni, ham Kubokni olsa, “Paxtakor” 2-darajali OCHLda o'ynaydi.
Hullas, Kubokda ham chempionatda ham intrigalar etarlicha. Hali o'tish o'yinlarida o'ynaydigan jamoalar uchun ham anchagina mehnat bor.
Superliganing super onlari hali oldinda.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13572 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8467 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4014 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3646 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3366 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3167 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2674 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2622 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 12.11.2026 20:16 Ўқилди 2585 "So'g'diyona" nishonidagi murabbiylar ma'lum |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2538 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
Реклама
Сайт хақида