
Tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan yopiq eshiklar ortida o'tkazilgan bahsda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqada Behruz Samiev tomonidan ochildi. Birinchi bo'lim yakunlanishiga uch daqiqa qolganida esa Quvonchbek Jahonov mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo'limda ham O'zbekiston terma jamoasi o'yin tizginini qo'ldan bermadi. Mag'lubiyatdan qutulish yo'lini izlagan mehmonlar uchrashuvning so'nggi soniyalarida uchinchi golni ham o'tkazib yuborishdi. 40-daqiqada Behruz Samiev o'zining ushbu bahsdagi dublini rasmiylashtirdi.
Shunday qilib, O'zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov boshchiligidagi ilk uchrashuvida 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston – Tojikiston - 3:0 (2:0)
8 noyabr, 2026 yil
Toshkent. O'FA Terma jamoalar markazi sport zali
Gollar: Behruz Samiev (3, 40), Quvonchbek Jahonov (17).
Hakamlar: Timurbek To'xtabaev, Nurbek Arstanbay uulu (ikkalasi ham Qirg'iz Respublikasidan).
O'zbekiston (boshlang'ich tarkib): Jasur Rizbonov, Ilhom Hamroev, Behruz Samiev, Husniddin Nishonov, Davron Choriev (s).
Zaxiradagilar: Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Eldor Nigmatov, Fazliddin Botirov, Asilbek Vafoev, Abdulboriy Ilyosov, Sunnatilla Jo'raev, Quvonchbek Jahonov, Tohir Abdukarimov.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov.
Tojikiston (boshlang'ich tarkib): Nuriddin Jabborov, Nasratsho Ismoilov, Samandar Rizomov, Muhammad Rajabov, Nekruz Idiev.
Zaxiradagilar: Firuz Bekmurodov, Amirjon Rahimov, Muhammad Avg'onov, Bahodir Xo'jaev, Muhammad Sharipov, Umed Qo'ziev, Siyovush Qayumov, Xusrav Xoliqnazarov, Dilshod Salomov (s).
Bosh murabbiy: Payrav Vohidov.








![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13692 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8557 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4215 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3492 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3218 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2722 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2670 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2586 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2115 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1921 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида