
- Albatta, uch ochkodan juda mamnunman. Andijonga safar har doim qiyin kechishini bilamiz. Raqib jamoaning sifati, futbolchilarining jismoniy holati va, albatta, Andijonga yetib borishning o'zi ham oson emas. Bugun rejalashtirganimizdek o'ynashga harakat qildik. Erta gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham o'zimizni yo'qotib qo'ymadik. Yigitlarimizga rahmat!
- Raqib jamoaning o'yin uslubi haqida nima deysiz?
- "Andijon"ning yil boshidan beri ko'rsatayotgan o'yini menga juda yoqadi. Jamoa tarkibiga ham yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Balki mavsum ular uchun biroz omadsiz kechayotgandir. Ularning harakatlari va o'yin uslubi menga maqul. Bu uchrashuv oldidan qiyin bo'lishini bilardik va chiroyli futbol ko'rsata olmasligimizga ham tayyor edik. Maydon ham kombinacion futbol o'ynashga imkon bermasdi, ko'p kurash bo'lishini kutgandik. Biz ham o'yinimizga aynan shu jihatlarni qo'shishga harakat qilyapmiz. Futbolchilarimiz jismoniy jihatdan eng kuchlisi emas, shuning uchun ko'proq boshqa jihatlar ustida ishlaymiz. Shunday o'yinda g'alaba qozonish yoqimli.
- Nikolay Ivanov birinchi davradagi kabi jarimadan gol urdi.
- U bu borada mutaxassis. Bu mavsumda u bunday vaziyatlardan ko'proq gol urishi kerak edi. Umuman, jamoa standart vaziyatlardan unchalik yaxshi foydalana olmadi. Shuning uchun bugun bitta gol urilgani quvonarli. Uning bu borada texnikasi juda yaxshi, mashg'ulotlarda ham ko'p ishlaydi. Gol urganidan xursandman.
- Bilol Tupliev yaxshi o'yin namoyish qilayotgandi. Biroq uni zaxiraga oldingiz.
- Biz har bir o'yinda hujumchilarni almashtirishga harakat qilamiz. Zamonaviy futbolga nazar tashlasangiz, eng ko'p mehnat qiladigan futbolchilar - hujumchilar. Ular to'psiz holatda himoyada ham ishlashi, shu bilan birga, hujumda muammolar tug'dirish uchun maksimal darajada ochilishi kerak. Shuning uchun jamoani yangilash zarurati tug'ilganda, aynan shu poziciyalardagi futbolchilarni, ayniqsa, qanot hujumchilarini almashtirishga harakat qilamiz.
- Kubok yarim finalida ham ushbu juftlik o'ynaydi. Bu o'yin haqida nima deya olasiz?
- Kubokdagi o'yinni ligadagi natijalarga qarab baholab bo'lmaydi. Kubok - bitta uchrashuv, o'sha kuni har qanday holat yuz berishi mumkin. Biz raqibni hurmat qilamiz va unga qarshi maksimal darajada tayyorgarlik ko'ramiz. Shuningdek, o'yin Olmaliqda bo'ladi. U yerda ham maydonning holati yaxshi emas. O'zPFL nima uchun Kubok yarim finali kabi muhim uchrashuvlarni sifatli futbol o'ynashga imkon bermaydigan maydonlarda o'tkazishga ruxsat berishini tushunmayman. Bu biroz xafa qiladi.
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 19016 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16259 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9914 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7471 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7280 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 7053 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
![]() | 02.11.2026 19:08 Ўқилди 5315 "Manchester Yunayted" "Bavariya"ning 60 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda |
![]() | 02.11.2026 23:24 Ўқилди 5074 Flamarion: "Bu biz xohlagan natija emas" |
![]() | 02.11.2026 20:16 Ўқилди 4959 "Traktor" - "Neftchi". Asosiy tarkiblar ma'lum |
![]() | 30.10.2026 02:08 Ўқилди 4314 Rasman: "Inter" va "Milan" o'zining yangi stadionini namoyish etdi, "San Siro" buzib tashlanadi FOTO |
Реклама
Сайт хақида