MTJdagi faoliyatini yakunlagan Umar Eshmurodov bilan munosib xayrlashish kerak
07.11.2026 18:32 Ўқилди: 253
“90minutuz” rezidentlaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev bu haqda to'xtalar ekan, futbolchi milliy jamoa bilan munosib xayrlashishi uchun sharoit yaratish zarurligi haqida gapirdi.
“Umar Eshmurodov rasman terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Biz u bilan chiroyli xayrlashishimiz kerak. JCHda berilmagan daqiqalarni Rossiya bilan o'yinda taqdim etish kerak. Oxirgi 10 daqiqasida tushirishsa, Umar ham, muxlislar ham xursand bo'lardi. Ana shunda qadriyat tushunchalari ham shakllanadi.
Futbolchi jarohat olib, o'lib ketishi mumkinligini Xesus de Migel misolida kuni kecha ko'rdik.
Jonini, sog'lig'ini tikayotgan o'yinchi uchun 10 daqiqalik quvonch lahzasini taqdim etish Fabio Kannavaroning qo'lidan keladi”, – dedi Yuldashev.
Ma'lumot uchun, Umar Eshmurodov 2020 yil terma jamoa libosini kiygan va shu kunga qadar 39 ta o'yinda maydonga tushgan edi.