Ueyn Runi Britaniya televideniesidagi faoliyati uchun taqdirlandi
06.11.2026 19:48 Ўқилди: 234
41 yoshli sobiq futbolchi 2025 yilning avgustida “Match of the Day” dasturidagi faoliyatini boshlagan bo'lib, dastlab muxlislarning turlicha munosabatiga duch kelgandi. O'z ustida ishlash maqsadida u soha mutaxassislari hamda Alan Shirer, Denni Myorfi, Jo Xart va Mika Richards kabi tajribali hamkasblaridan maslahat olib bordi.
“Ishni boshlaganimda bunchalik qiyin bo'lishini tasavvur ham qilmagandim. O'zimga nisbatan doim eng qattiqqo'l tanqidchi bo'lganman va hozir ham mahoratimni oshirishda davom etishim kerak. Televideniedagi tanqidlar esa meni faqat yanada yaxshiroq bo'lishga undaydi”, – dedi Runi.