KONKAKAF 2027 yildan boshlab Oltin kubok formatini o'zgartirmoqchi
06.11.2026 18:16 Ўқилди: 166
Ananaviy 4 ta jamoadan iborat 4 ta guruh o'rniga ishtirokchilar 8 tadan terma jamoadan iborat 2 ta guruhga bo'linadi.
UEFA Chempionlar Ligasidagi shveycarcha tizimga qiyoslanayotgan yangi format turnirning dastlabki bosqichidayoq ko'proq qiziqarli va markaziy bahslarni tashkil etishga qaratilgan. Har bir jamoa guruhda 3 ta o'rniga 4 tadan uchrashuv o'tkazadi, raqiblar esa reyting savatchalariga qarab tanlab olinadi. Har bir guruhdan eng yaxshi natija qayd etgan 4 tadan terma jamoa pley-off bosqichiga yo'l oladi.
Musobaqa 2027 yilning 17 iyunidan 11 iyuliga qadar bo'lib o'tadi, qur'a tashlash marosimi esa 8 aprelga belgilangan. Millatlar Ligasi va saralash bosqichi orqali aniqlanadigan KONKAKAFning 15 ta terma jamoasidan tashqari, turnirda taklif etilgan mehmon sifatida Saudiya Arabistoni milliy jamoasi ham ishtirok etadi.
2025 yilda Oltin kubokni Meksika terma jamoasi qo'lga kiritgan edi.