Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori haqida Jezushga xabar bermadi
05.11.2026 20:00 Ўқилди: 161
Portugaliyaning "A Bola" nashri xabariga ko'ra, milliy jamoa sardori o'z qarori haqida mahalliy futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensani ogohlantirgan, biroq bosh murabbiy Jorje Jezushga bu haqda bildirmaslikni maqul ko'rgan.
Manba ma'lumotiga ko'ra, bu qadam ular o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgani bilan bog'liq. Bir oy oldin Ronaldu va Jezush o'rtasida mojaro kelib chiqqan bo'lib, natijada terma jamoa sardori mashg'ulot yig'inining o'rtasida jamoa ixtiyorini muddatidan oldin tark etgandi. Shtab bilan oldindan kelishmasdan ketganligi haqidagi ommaviy bayonot ushbu qarama-qarshilikning davomi sifatida baholanmoqda, deb hisoblaydi portugaliyalik jurnalistlar.