Valeriy Karpin: "Hozirgi vaziyatda O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynashimizning o'zi yutuq"
05.11.2026 16:24 Ўқилди: 168
Mutaxassis TASS agentligiga bergan intervyusida har ikki jamoani Rossiya uchun munosib raqib deb hisoblashini ta'kidladi.
"Raqiblarga kelsak, menimcha, hozirgi sharoitda o'zimiz yoki Rossiya futbol ittifoqi erisha oladigan imkoniyatlarni hisobga olsak, O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynashimizning o'zi yutuq.
O'zbekiston - so'nggi Jahon chempionati ishtirokchisi. Venesuela esa mundialga yo'llanma olish uchun so'nggi pallagacha kurashgan jamoa.
Shuning uchun har ikkisi ham juda munosib raqib. Ayniqsa, hozirgi vaziyatda", – dedi Karpin.
O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.
Rossiya 17 noyabr kuni Krasnodarda Venesuelaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.