Fabian Ruis: "Chempionlar Ligasining ketma-ket uchinchi kubogi? Harakat qilamiz"
05.11.2026 14:24 Ўқилди: 191
"Pari Sen-Jermen" 2024/25 va 2025/26 yilgi mavsumlarda ushbu turnir g'olibi bo'lgan.
"Chempionlar Ligasining ketma-ket uchinchi kubogi? Harakat qilamiz. Harakat qilib ko'rmoqchimiz. Bor kuchimizni ishga solib, bor imkoniyatimizni beramiz. O'tgan mavsumdagidan kuchliroqmiz, demoqchi emasman. Ammo o'zimizni kuchli his qilyapmiz va oxirigacha kurashamiz", – deya Ruisning so'zlarini keltiradi insayder Fabricio Romano.
PSJ 3 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turi doirasida "Vilyarreal"ni 6:0 hisobida tor-mor etdi. Parijliklar 12 ochko to'plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 5-turda ular "Roma" bilan bahs olib borishadi. Uchrashuv 25 noyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.