
Avvalroq taniqli insayder Fabricio Romano Osiyo kubogi-2027 musobaqasining o'tkazilish muddati o'zgartirilganidan so'ng italiyalik mutaxassis O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Mazkur ma'lumotlar ortidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"So'nggi soatlarda ayrim xorijiy manbalarda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining o'zgartirilishi ortidan o'z lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qiladi.
Ommaviy axborot vositalari va futbol muxlislaridan tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ishonmaslikni hamda rasmiy xabarlarga tayanishni so'raymiz", – deyiladi O'FA bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Osiyo futbol konfederatsiyasi 3 noyabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi muddati o'zgartirilganini rasman ma'lum qildi.
Yangi taqvimga ko'ra, musobaqa 2027 yil 23 dekabrdan 2028 yil 21 yanvarga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87295 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41272 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 18785 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10422 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10353 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9737 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8386 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 25.10.2026 00:40 Ўқилди 8314 Neymar: "Mening eng yaxshi talqinim PSJda bo'lgan" |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7336 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7205 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
Реклама
Сайт хақида