
ISNA axborot agentligi xabar berishicha, Tabriz klubi O'monga uchish uchun ruxsatnoma olishda muammoga duch kelgan. Jamoaga ushbu mamlakatga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa davlat orqali aviaqatnovni amalga oshirish uchun ruxsat berilmagan.
Shu munosabat bilan "Traktor" rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasiga rasmiy xat yuborgan. Unda parvoz uchun zarur ruxsatnoma taqdim etilmasa, jamoa "Neftchi"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmasligi ma'lum qilingan.
Tasnim axborot agentligiga ko'ra, "Traktor" avval ham O'monga safar qilishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Jamoa Qatarning "Ash Shamal" klubiga qarshi uchrashuv oldidan Iroq va Turkiya orqali uzoq yo'l bosib, O'monga yetib borishga majbur bo'lgan.
"Traktor" bosh murabbiyi Javod Nekunam avvalroq jamoa yana shunday murakkab safarga duch kelsa, Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri uchrashuviga yoshlar tarkibini yuborishi mumkinligini bildirgan edi.
Ayni paytda "Traktor"ning "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdagi ishtiroki bilan bog'liq vaziyat noaniqligicha qolmoqda. OFK tomonidan bahsni qoldirish yoki bekor qilish haqida rasmiy qaror e'lon qilinmagan.
Ma'lumot uchun, "Traktor" va "Neftchi" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Ummon poytaxti Maskatdagi "Sulton Qobus" sport majmuasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi belgilangan.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87178 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41137 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39462 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23855 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 20032 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15167 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11797 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10961 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10299 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10215 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
Реклама
Сайт хақида