“Barselona” "Xetafe" ustidan yirik va oson g'alabaga erishdi
10.10.2026 23:40 Ўқилди: 3165
Ispaniya La Ligasi 2026/2027 yilgi mavsumining 8-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Xetafe" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Bahsda Xesus Xil Mansano boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishladi.
Ikkinchi daqiqadayoq "kataloniyaliklar" yarim himoyachisi Entoni Gordon hisobni ochdi. 30-daqiqada hujumchi Gabriel Jezus "ko'k-anorranglilar"ning ustunligini oshirdi. 73-daqiqada esa himoyachi Jyul Kunde yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:0.
“Barselona” - “Xetafe” 3:0
Gollar: Gordon 2, Jezus 30, Kunde 73.
Barselona: Joan Garsiya, Gavi, Gabriel Jezus, Lamin Yamal, X. Espart, Rodrigo, Gordon, Jerar Martin, Olmo, Kunde, Erik.
Xetafe: David Soriya, Moxika, Zaid Romero, Gudel, Jene, Kiko F., Francho, Mario Martin, Terrats, A. Garsiya, Ivan.
Ispaniya chempionatida 8 ta o'yindan so'ng 24 ochko jamg'argan "Barselona" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 8 ochkoga ega "Xetafe" esa 14-pog'onani egallab turibdi.