
- O'yin haqida fikringiz?
- G'alaba bilan jamoamiz va muxlislarni tabriklayman. Anchadan beri yuta olmayotgandik, sentyabr oyi-ku umuman omadsiz o'tdi. Shu bois bugungi g'alaba juda yoqimli bo'ldi. To'g'risi, qanday qilib zafar quchganimizni haligacha tushunmayapman. Chunki hisob 0:2 edi va hammasi biz uchun salbiy tugashi mumkin edi. Yigitlarga rahmat, xarakter ko'rsata olishdi. Biz to'xtab qolmadik va oxirigacha kurashdik. O'yin oxirgi hushtakkacha kechdi. Birinchi taymni juda yomon o'tkazdik. Keraksiz golni o'tkazib yubordik. Ikkinchi golda ham xatoga yo'l qo'ydik. G'alaba o'z yo'liga, ammo biz hali ko'p ishlashimiz kerak. Xatolarni to'g'rilash lozim.
- Bugungi almashtirishlar o'yin borishiga ta’sir qildimi?
- 0:2dan chiqib ketganimizni hisobga olib aytadigan bo'lsak, o'yinga ta’sir qildi. Birinchi taymda hujumda ishlarimiz yurishmadi. Asosan orqada harakat qildik. Lekin ikkinchi bo'limda o'zimizga kelib oldik. Bugun zaxiradan tushgan o'yinchilarimiz gol urishdi, assist berishdi, demak o'z ishlarini yaxshi bajarishdi. Hozirgi futbolda zaxiradan tushganlar ishni hal qilib ketyapti.
- Filipovich, Ro'ziev va Xayrullaevni keyingi tur asosiy tarkibda ko'ramizmi?
- Vaziyatga qaraymiz, odatda har o'yinda ikki nafar futbolchimizni yo'qotyapmiz. Umumiy hisobda 10 nafar futbolchimiz jarohat oldi. Tarkibdagi bor o'yinchilardan foydalanamiz.
- O'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so'ng ham muxlislar stadionni tark etmadi. Ularga aytar so'zingiz bormi?
- Albatta, bor. Muxlislarga katta rahmat. Chunki biz ular uchun o'ynaymiz. Buxorolik muxlislar jamoani juda chiroyli tarzda qo'llab kelishyapti. Biz ularning ko'magiga doim muhtojmiz va o'z navbatida g'alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz.
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14465 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13707 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13645 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8545 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8457 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6150 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 00:08 Ўқилди 5351 LIVE. La Liga. "Real Madrid" – "Vilyarreal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 06.10.2026 17:08 Ўқилди 5168 Portugaliya terma jamoasi Ronaldu ketganidan so'ng salkam 2,5 million obunachisini yo'qotdi |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 5121 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 01.10.2026 19:08 Ўқилди 5100 O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston – Suriya (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида