
O'yin 120 daqiqa davom etdi, darvozalarga bittadan to'p kiritildi. Biz tezkor gol urib oldik, 8-daqiqada Sardor Bahromov chiroyli boshlangan hujumni gol bilan yakunladi. Tezkor gol bizga maydondagi ustunlikni taqdim eta boshladi. Shundan keyin ham chiroyli hujumlarimiz davom etdi. Himoyaga yotib olmadik. Bitta gol farqini saqlab qolshga urinmadik. Oxirigacha o'ynashga harakat qildik.
Yaponiya U-23 terma jamoasi - kuchli raqib, ikkinchi bo'limda ustunlik ular tomonga o'tdi. Bir nechta hujum uyushtirildi, golli vaziyatlar yaratildi. Himoyaga o'zimizdan o'zimiz o'tib olganimiz yo'q, raqib shunga majbur qildi. Bahsning asosiy vaqti tugashiga uch daqiqa qolganida afsuski, to'p o'tkazib yubordik va hisob tenglashdi. Keyingi 30 daqiqalik ekstra taymlarni ham yaxshi o'tkazishga harakat qildik, hatto gol urib g'alaba qozonishimiz mumkin edi.
Lekin vaziyat penaltilar seriyasiga yetib bordi. Buyog'iga xarakter va ruhiyat asosiy planga chiqadigan fursat keldi. Penaltilar seriyasi penalti tepuvchi uchun ham, penaltini qaytaruvchi darvozabon uchun ham muhim ahamiyatga ega. Mana shu vaziyatda darvozabonlar murabbiyining ishi ko'rinishi kerak bo'ladi. Odatda seriyaga o'tishdan avval murabbiylar futbolchilarga kerakli ko'rsatmalarni berishadi. Darvozabonlar murabbiyi ham o'z shogirdini kerakli gap bilan seriyaga ruhan tayyorlaydi.
Ammo biz ko'rdikki, darvozabonimiz (Samandar Muratbaev) penaltilar seriyasiga tayyor emas ekan. Mohir darvozabonlar bu vaziyatda o'z xarakterlarini namoyish etish payida bo'lishadi. Bu o'rinda eng asosiy jihat 11 metrlik nuqtadan tepiladigan to'pni qaytarishga urinish bilan birga raqib futbolchisini muvozanatdan chiqarish. Penaltilar seriyasiga har bir darvozabon o'zicha hozirlik ko'radi. Penalti tepilayotganda kimdir o'z joyida qimirlamay turadi va zarba yo'nalishini topishga harakat qiladi. Kimdir qo'lqopiga tuflab, qo'llarini bir-biriga urib, uyoq-buyoqqa yurib men tayyorman degandek bo'ladi.
Tajribali posbonlar bunday vaziyatda raqib futbolchisi to'pni nuqtaga qo'ygach, to'p oldiga kelib raqibni muvozanatdan chiqarishga, uning asabiga o'ynashga harakat qiladi. Chunki penaltilar seriyasi avvalo xarakter o'z so'zini aytadigan palla. Muvozanatdan chiqqan o'yinchi to'pni o'zi xohlagandek tepa olmaydi. Emiliano Martines ko'p marta penaltilar seriyasida ishtirok etgan. Uning seriyadagi har bir harakatiga qarang, men bu yerda asosiy qahramonman degandek mag'rur turadi. Qandaydir qiliqlari bilan raqib o'yinchisi g'ashiga tegishni boshlaydi va shu orqali muvozanatdan chiqarishga harakat qiladi. Va oxir-oqibat o'z maqsadiga etadi.
Afsuski, bizga shu narsa yetishmadi. Bizning darvozabon ham penaltilar seriyasida o'zini ko'rsatishi kerak edi. Men hammangdan zo'rman degandek raqibga bosim qilsa bo'lardi. Darvozabonimiz esa jim turdi va faqat o'z mahoratiga tayangan holda penaltini qaytarishga harakat qildi. Yaponlar to'pni asosan bir tomonga tepishdi, bizning darvozabon boshqa tomonga sakradi. Bo'lib ham zarbadan oldin sakrab, buni raqiblar payqab qolishdi. Yaponlar xotirjam zarba yo'llashdi. Xayriyat bizning futbolchilar ham zarbani xotirjam berishdi. Chunki ularning posboni ham bironta to'pni qaytara olmadi.
Bu o'rinda katta yuk darvozabondan ko'ra ularning murabbiyiga tushadi. Darvozabonlar murabbiyining vazifasi darvozabonlarni o'yinga tayyorlash, mashg'ulot orqali ularning mahoratini o'stirib borish. Bu tushunarli, lekin darvozabonlarga ruhiyat va xarakter tomondan ham dars o'tish kerak bo'ladiki, busiz muhim o'yinlarni yutishning iloji yo'q. To'p yerdan kelsa bunaqa qaytar, havodan kelsa ushlab ol, burchakdan tepsa bunday harakat qil, jarimadan yo'llasa bunday tur deyishning o'zi etarli emas. Bu faqat mashg'ulotda o'rgatiladigan narsalar. Murabbiylar shuningdek darvozabonlarni xarakterli qilib tarbiyalashi, ayniqsa muhim pallada raqibni muvozanatdan chiqarishga harakat qilishni ham o'rgatishlari zarur.
Yaponlarni bilamiz, ular o'yinni bir tempda boshlab, bir tempda tugatish payida bo'lishadi. Ularning deyarli barcha jamoalari bir xil o'ynaydi. Futbol maktablarida ham bir xil taktika o'rgatilsa kerak. Ularni muvozanatdan chiqarishning yo'li esa ularning g'ashiga tegish. Tengma-teng futbol o'ynasa ham bo'ladi, faqat buning uchun nihoyatda kuchli bo'lishimiz kerak. O'ziga xos xarakterga ega posbonlarimizning oxirgi vakili Ignatiy Nesterov edi. Nesterov o'z ustida nihoyatda ko'p ishlar, xarakteri ham kuchli edi. Balki shuning uchundir uzoq yillar yuqori tempda o'ynadi.
Hozirgi darvozabonlarimiz esa negadir muloyimtabiat bo'lib qolgandek. Darvozabonlar murabbiylari ularda xarakterni shakllantirmasa bo'lmaydi. Darvozabonlarning o'z "ya"si bo'lishi shart. Ular jarima maydonchasi ichida o'zlarini qiroldek his qilishlari lozim. Bu joy ularning "uyi", uyni qo'riqlash ularning ishi. Darvozabonlarga xos xususiyat - bo'ydorlik, mahorat, o'yinni o'qiy bilish bilan bir qatorda xarakter shakllanmas ekan, kuchli raqiblarga qarshi katta o'yinlarda pand eb qo'yaveramiz.
Xulosa o'rnida darvozabonlar murabbiylariga aytadigan gapimiz: maydonda faqat mashg'ulot o'tkazishning, darvozabonlar bilan ishlashning o'zi kamlik qilyapti, ularga xarakterli bo'lishni va raqibning ko'ziga qarab uqiydigan bo'lishni o'rgating, ularda ruhiyat shakllansin, ular faqat o'z mahoratiga tayanib qolmasin, to'pni shu tomonga tepsa qaytaraman qabilida ish tutishmasin, kerak bo'lsa raqibga ta’sir o'tkaza oladigan mohir posbon qilib yetishtiring.
X.Xoliqov.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 19202 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15342 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 24.09.2026 18:40 Ўқилди 15257 Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi" |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 13602 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11019 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9461 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 25.09.2026 09:56 Ўқилди 9231 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.09.2026 02:08 Ўқилди 8476 41 yoshli Modrichning goli Xorvatiyaga Chexiyani mag'lub etishga yordam berdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6768 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6624 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
Реклама
Сайт хақида