TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi
22.09.2026 09:48 Ўқилди: 6588
Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "shporlar" ustozi Roberto De Dzerbi zaxirani kuchaytirish uchun hujumchi nomzodini ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, Angliya klubi rahbariyati futbolchi ilgari hech qachon o'ynamagan Angliya chempionatiga moslasha olmasligini ta'kidlab, ushbu transferga qarshi chiqmoqda.
"Tottenxem" beshta tur yakunlariga ko'ra APL turnir jadvalining eng oxirgi, 20-pog'onasida joylashgan. Jamoa biror marta ham g'alaba qozongani yo'q va o'z hisobida ikki ochkoga ega.
33 yoshli argentinalik o'yinchi Istanbul jamoasini tark etganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi. Ikardi 2023 yildan beri "Galatasaray" sharafini himoya qilib kelayotgan edi, bu vaqt ichida u to'rt marta Turkiya chempionatida zafar kuchdi, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. Ilgari forvard klub darajasida Italiyaning "Sampdoriya" va "Inter", shuningdek, Fransiyaning PSJ jamoalarida to'p surgan.