
Tashrif davomida FIFA Prezidenti O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan birgalikda mamlakat futbol infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi.
Janni Infantino Toshkent shahrida hozirda qurilayotgan yangi “Yangi Toshkent” o'yingohiga tashrif buyurdi. FIFA Prezidentiga qurilish ishlarining borishi, stadion infratuzilmasi hamda O'zbekistonda o'tkazilishi rejalashtirilgan FIFA U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, FIFA Prezidenti O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari bilan uchrashib, futbolchilar bilan samimiy va do'stona muloqot qildi. Uchrashuv davomida O'zbekiston futbolining buguni va kelajagi, milliy terma jamoaning xalqaro maydondagi ishtiroki hamda mamlakatda futbolni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif doirasida Janni Infantino O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda mamlakat futbolini rivojlantirish, futbol infratuzilmasini yanada takomillashtirish, yoshlar futbolini qo'llab-quvvatlash hamda O'zbekiston futbolining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
FIFA Prezidenti, shuningdek, Toshkent shahridagi 90-sonli umumtalim maktabida yangi futbol maydonining marosimida ishtirok etdi. Mazkur loyiha yoshlarni sportga keng jalb etish va bolalar uchun zamonaviy futbol muhitini yaratishga qaratilgan.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi FIFA va uning Prezidenti Janni Infantinoni to'liq qo'llab-quvvatlaydi hamda O'zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish yo'lida FIFA bilan yaqin va samarali hamkorlikni davom ettiradi.









![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 19202 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15342 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 24.09.2026 18:40 Ўқилди 15257 Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi" |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 13602 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11019 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9461 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 25.09.2026 09:56 Ўқилди 9231 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.09.2026 02:08 Ўқилди 8476 41 yoshli Modrichning goli Xorvatiyaga Chexiyani mag'lub etishga yordam berdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6768 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6624 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
Реклама
Сайт хақида