Ter Shtegen: "Germaniya terma jamoasi Kloppning g'oyalarini imkon qadar tezroq o'zlashtirishga harakat qilishi kerak"
24.09.2026 19:48 Ўқилди: 6036
"Klopp - noyob murabbiy. Unda qanchalik quvonch va ishtiyoq borligini, futbolni qanchalik qattiq sevishi va u bilan yashashini hamma biladi.
O'yin bo'yicha o'z qarashi va tushunchasi bor, shuning uchun ham u o'zgartirishni istaydigan jihatlar mavjud. Biz uning g'oyalarini imkon qadar tezroq o'zlashtirishga harakat qilishimiz kerak", – dedi ter Shtegen.
Niderlandiya – Germaniya uchrashuvi bugun, 24 sentyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.