
Bu haqda AQSH Kongressidagi Demokratiya partiyasi vakili The Athletic portaliga ma'lum qildi.
Iyul oyida TASS agentligi AQSH Kongressi Vakillar palatasi a'zosi Jeymi Raskin Infantinoga nisbatan tergov boshlagani va unga Oq uy hamda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan aloqalari tafsilotlarini oshkor etishni talab qilib xat yo'llagani haqida xabar bergan edi.
"FIFA qo'mita tomonidan so'ralgan birorta ham muhim hujjatni, jumladan, FIFA Tramp oilasiga qancha mablag' ajratganini ko'rsatuvchi ma'lumotni haligacha taqdim etmadi. Shuningdek, tashkilot FIFA Tinchlik mukofotining berilishi bilan bog'liq asosiy savollarga javob bermadi va Kushner-Infantinoning jahon chempionatini sotish bo'yicha sxemasi qanday paydo bo'lganini tushuntirib bermadi. Bugungi kunda FIFA bilan hamkorlik darajasi juda ham past va qoniqarsiz", - dedi Kongress vakili.
Eslatib o'tamiz, iyul oyida Infantino tashkilotning erkaklar va ayollar o'rtasidagi asosiy musobaqalarini nazorat qiluvchi kompaniya tuzishni xohlagani ma'lum bo'lgan edi. Uning fikricha, FIFA Forward Enterprisening tashkil etilishi FIFAga a'zo assotsiatsiyalarning foydasini oshirib, jahon futboli rivojiga hissa qo'shgan bo'lardi. Xalqaro futbol federatsiyasi bu sxema 4,2 milliard dollar mablag' jalb qilishi mumkinligini bildirgandi. Biroq mazkur tashabbus funkcionerlar, federatsiyalar va boshqa tashkilotlar tomonidan keskin tanqid va qoralashlarga uchragan edi.
2026 yilgi jahon chempionati vaqtida AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun Bosniya va Gertsegovinaga qarshi kechgan 1/16 final uchrashuvida (2:0) himoyachi Tarik Muxaremovichga qarshi qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka olgan edi. 5 iyul kuni FIFA Intizom qo'mitasi Balogunning diskvalifikaciyasini vaqtincha to'xtatdi. Keyinroq jurnalist Ben Jeykobs FIFA bu qarorni Oq uydan Janni Infantinoga qo'ng'iroq qilishganidan keyin qabul qilganini xabar qildi. Trampning o'zi ham Infantinoga bu masala yuzasidan qo'ng'iroq qilganini va futbolchining diskvalifikaciyasini qayta ko'rib chiqishni so'raganini tasdiqlagan.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 18974 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14457 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11606 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9988 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9840 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8730 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6651 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6216 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6071 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 00:08 Ўқилди 5798 Turkiya. Shomurodov dubl qayd etgan bahsda "Bashakshehir" yirik g'alabani tantana qildi |
Реклама
Сайт хақида