Turkiya. Shomurodov dubl qayd etgan bahsda "Bashakshehir" yirik g'alabani tantana qildi
20.09.2026 00:08 Ўқилди: 5702
“Bashakshehir” jamoasi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ushbu o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Milliy jamoaning yana bir a'zosi Abbosbek Fayzullayev 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shomurodov “Genchlerbirligi” darvozasini ikki bora ishg'ol qilib, jamoasining yirik g'alabasiga xissa qo'shdi.
Shunday qilib, Eldor Shomurodov 6 ta gol bilan Turkiya Superligasi to'purarlari jadvalida Osimxen, Orban bilan 2-o'rinni bo'lishib turibdi. Birinchi o'rinda 7 ta gol bilan Muhammad Saloh ketmoqda.