“O'yinni yaxshi boshladik, ikki tomon ham hujum qildi, vaziyatlar bo'ldi. Standart vaziyatdan gol urdik.
Ikkinchi bo'limda o'yinimiz ko'ngildagidek chiqmadi. Gol urishimiz mumkin bo'lgan vaziyatlar ham bo'ldi, ammo uchrashuv oxirida ikkita gol o'tkazib yubordik.
Bu - futbol, o'yinni 90 daqiqa davomida to'liq o'tkazish kerak. Futbolchilarga etirozim yo'q, fidoyiliklari uchun rahmat. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz” - dedi Bakaev.