
"O'yin jihatidan bir nimaga erishishimiz mumkin bo'lgan darajadagi ikkinchi o'yinimiz bo'ldi. Tarkibni tubdan o'zgartirdik. Hozircha yo'l oxirida nur borligini ko'rdim deya olmayman. So'nggi to'qqiz o'yin davomida yigitlar mening ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi. Bugun oltita yosh futbolchini maydonga tushirdik. Birinchi o'yin yomon o'ynashmadi. Shundan yo'lda davom etsak, qachondir ijobiy natija bo'lishiga ishonaman. O'zi, boshqa o'yinchilarimiz ham yo'q-ku", - deya gap boshladi Sergey Lushchan.
- Ijobiy natija siz uchun nima?
- Birinchi navbatda o'yin sifati. Asosan himoyada. Himoyamiz shunchaki dahshatli, dastlabki 10-15 daqiqada gol o'tkazib yuboryapmiz. Har doim qo'pol xatoga yo'l qo'yamiz. Bugun ham shunday bo'ldi. Bugungi o'yinimiz menga yoqdi. Sababi, o'tgan uchrashuvlardan farqli o'laroq. O'yindan oldin yigitlarning yuziga qarab, bugun ijobiy natija qayd eta olmasligimizni ko'rmadim. Avvalgi o'yinlarda esa holat shunday edi. Bugun birinchi bo'limda sal-pal munosib ko'rindik. Himoyani butkul o'zgartirdik. Ikki haftalik tanaffus davomida biroz o'yinimizni yaxshilab olamiz degan umiddaman. Yoshlar menga yoqdi.
- "Lokomotiv" Pro Ligaga tushib ketgan mavsumda, xattoki hisobda oldinga chiqib olishi bilan o'yinni tashlab yuborardi. Menimcha, ushbu holat ruhiy jihat bilan bog'liq edi...
- Yuz foiz. Men ham yigitlar bilan shu haqda gaplashdim. Yigitlarga barchasini unutish kerakligini tushuntirishga harakat qildim. Agar inson eng quyi nuqtagacha tushib, yana ko'tarilsagina u kimdirga aylanadi. Sababi barchasini engib o'tgan bo'ladi. Hozir eng pastki nuqtadan qo'zg'ala olishimiz kerak. Hozir o'zimizga bo'lgan ishonch yo'q. Hatto mashg'ulotlarda ham. Murabbiylar shtabi ham ushbu vaziyatni yumshata olmayapti. Mashg'ulotlarda yigitlar juda ishonchli ko'rinadi. O'yin kuni esa xuddi boshqa insondek. Shuning uchun tarkibni tubdan o'zgartirdim. Yoshlarni tarkibga qo'shdik. Ular endi isbotlashlari kerak. Xohish bor.
- Oylik masalasi bo'yicha vaziyat qanday?
- Yaqinda pul tushgan edi, yigitlar biroz nafas rostlab olishdi. Endi ikkinchi marotaba pul tushishi, faqatgina avgust oyi uchun pul to'lanishi kerak. Shuni kutyapmiz, pul tushsa, biroz o'zimizga kelib olamiz. Oyliksiz ishlash barchaga qiyin.

- O'z vaqtida "Mashal" akademiyasi eng zo'ri edi. Hozir akademiyada ishlar qanday? U yerdan chiqayotgan yoshlar haqida nima deysiz?
- Men "Mashal" akademiyasiga 2008 yoki 2009 yil bir marta borganman. Ha, o'shanda u haqiqiy akademiya edi. Hozir esa akademiya yo'q. Balki "qog'oz"da hali ham bordir. Akademiya faoliyat yuritishi uchun homiy kerak. Hozir asosiy jamoaning homiysi yo'q. Akademiya haqida gapirishning o'zi g'alati. Oldin gaz qazib oluvchi kompaniya homiylik qilardi. Futbol shunday sport turi. Doimo pul bilan taminlanib turishi kerak. Mamlakatda yoshlar futboliga ham e'tibor qaratilmoqda, ammo hozirgi kunda "Bunyodkor" va "Mashal" akademiyalarini mana shunday holda ko'rish achinarli. "Bunyodkor" akademiyasi ketma-ket uch yil davomida Osiyoda eng zo'ri bo'lgandi.
Bilasizmi, mundialda ishtirok etishimizning asosiy sababi - akademiyalarning faoliyati. Men 2015 yilda agar mundialga chiqsak, Shukurov va Shomurodov avlodi bilan ushbu vazifani uddalaymiz degan edim. Bir futbolchini o'n yillar davomida tarbiyalaymiz. Tizim uzoq vaqt davomida quriladi. Uni yo'q qilish esa bir daqiqalik ish. Menimcha, ikki yoki uch mavsum oldingi darajasi bilan solishtirsak, chempionatimiz darajasi pasaygani sezildi. Bu faqatgina mening fikrim emas, boshqa mutaxassislar ham shunday o'ylamoqda. Pasayish yaqqol sezilarli darajada. Menimcha, ushbu muammoning asosiy sababi - klublardagi moliyalashtirish kamayib ketganidan. Hozir hamma qiynalmoqda, deyarli barcha klublar. Bunday sharoitda o'sishga erishish qiyin. Hamma yerda pasayish va "degradaciya". Agar ahvol shunday davom etaversa, mundial masalasi yanada qiyinlashib qoladi. Avlodlar almashgan bo'ladi-ku. Yana o'n yil vaqt kerak bo'lishi mumkin. Bu mening fikrim, balki kimdir boshqacha fikrlayotgandir.
"Bunyodkor"ga rosa achinyapman. Bunday holatni ko'rish og'riqli. Bunday tizimni barbod etish juda katta xato. To'g'ri, klub rahbariyati qayerdadir xatoga yo'l qo'ygandir. Lekin shuning uchun ham davlat qo'llovi bor-ku. "Mashal" akademiyasi haqida so'radingiz. U yerda hozir hech nima yo'q. Faqatgina mahalliy yigitchalar shug'ullanishmoqda. Avvallari esa butun vohadan, balki, respublikadan ham yosh iqtidorlar yig'ilardi.
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15456 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14238 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11154 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9563 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 27.09.2026 02:08 Ўқилди 8533 41 yoshli Modrichning goli Xorvatiyaga Chexiyani mag'lub etishga yordam berdi |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8388 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6702 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6048 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 30.09.2026 17:40 Ўқилди 5838 Fabio Kannavaro: "Kelinglar, futbol atrofidagi narsalar haqida emas, o'yin haqida o'ylaylik. Nima uchun sizni bunday narsalar qiziqtiradi?" |
![]() | 30.09.2026 18:08 Ўқилди 5651 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 - Yaponiya U-23 1:1 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида