"Sevilya" murabbiyi: "Rafinya "Oltin to'p"ga hatto nomzod ham qilib ko'rsatilmadi"
20.09.2026 12:08 Ўқилди: 970
Avvalroq "Barselona" hujumchisi La Ligada ketma-ket ikkinchi xet-trigini qayd etdi - "Sevilya"ga qarshi o'yinda (3:1).
"Uni hatto “Oltin to'p“ga nomzod ham qilishmadi... U o'yinlar taqdirini hal qiladi, shu sababli bunday mukofotlarga ishonmayman. U maydonda hamma narsani qiladi.
“Barselona” ajoyib o'yin darajasini ko'rsatmoqda, ammo meni ko'proq “Sevilya” tashvishga solmoqda. Bizni mag'lub etish uchun raqib bor kuchini ishga solishi va o'z eng yaxshi o'yinini ko'rsatishiga to'g'ri keldi", - dedi Garsiya.