
Rafinya ushbu o'yinda xet-trik qayd etdi...
– Bu ajoyib, bu yerda g'alaba qozona olganimizdan juda xursandman. Rafinya qilayotgan ishlar meni hayratda qoldirmayapti, – dedi Flikning so'zlarini Marca nashri.
– Nima uchun Livakovichni tarkibga qo'yishga qaror qildingiz?
– Bazan hamma narsani shunchaki tahlil qilish emas, balki o'z his-tuyg'ularingizga ham ishonish kerak. Men shunday his qildim va biz shu qarorga keldik. Bu SHHensniga ishonmasligimiz bilan bog'liq emas. Biz shunchaki Livakovich bugungi o'yin uchun eng yaxshi variant bo'lishi mumkin deb hisobladik.
Bu qandaydir doimiy qaror emas, balki aynan bugungi o'yin uchun tanlov. Men uchun bu oson vaziyat emas. Uning o'ynamayotgani, Gavining o'ynamayotgani… Men uchun bu og'ir, lekin sen jamoa haqida o'ylashing kerak. Bu yerda futbolchilarga nisbatan hech qanday shaxsiy adovat yo'q.
– Kristensen o'zini qanday his qilyapti?
– Menimcha, u bir necha haftani o'tkazib yuboradi. Bu mushak jarohati, ammo biz tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak.
– Rafinya shartnomasini uzaytirmoqda…
– Klub uchun bu eng yaxshi qaror. Uning tribunalar va jamoa bilan qanday munosabatda bo'layotganini ko'rganingizda… U - yetakchi, u bor kuchini beradi.
Biz murabbiylar shtabi bilan birgalikda uni "to'qqizlik" (hujumchi) poziciyasiga qo'yishga qaror qildik. Menimcha, hozirda u bundan xursand. Uning ushbu mavsumda ko'rsatayotgan o'yini shunchaki ajoyib. Bugungi ikkinchi bo'lim esa aql bovar qilmaydigan darajada o'tdi.
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14346 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11453 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10479 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9874 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8649 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7684 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.09.2026 02:16 Ўқилди 7204 YCHL. Umumiy guruh bosqichining 1-turi yakunlandi |
![]() | 12.09.2026 01:40 Ўқилди 6615 Sergey Lushchan: "Agar vaziyat shunday davom etsa, mundialga chiqish uchun yana o'n yil vaqt kerak bo'ladi. Chempionatimiz saviyasi yaqqol pasaydi, chunki..." |
![]() | 20.09.2026 00:08 Ўқилди 5702 Turkiya. Shomurodov dubl qayd etgan bahsda "Bashakshehir" yirik g'alabani tantana qildi |
![]() | 14.09.2026 23:48 Ўқилди 4943 "Roma" "Torino"ni mag'lub etib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi |
Реклама
Сайт хақида