Sofascore. Kecha dubl qayd etgan Shomurodov eng yaxshi futbolchi bo'ldimi?
20.09.2026 08:48 Ўқилди: 492
“Bashakshehir” jamoasi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ushbu o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Milliy jamoaning yana bir a'zosi Abbosbek Fayzullayev 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shomurodov “Genchlerbirligi” darvozasini ikki bora ishg'ol qilib, jamoasining yirik g'alabasiga xissa qo'shdi.
Sofascore kechagi uchrashuv uchun Eldor Shomurodovga 9,1 baho qo'ydi. Bu kechagi futbolchilar orasidagi eng yaxshi baho bo'ldi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Abbosbek Fayzullayev esa 6,6 bahoga loyiq ko'rilgan.