"Yuventus" "Sassuolo"ga imkoniyatni boy berdi, jamoalar 81-daqiqadan so'ng to'rtta gol urdi
14.09.2026 01:48 Ўқилди: 195
Jamoalar Redjo-nel-Emiliyadagi "Mapey - Chitta-del-Trikolore" stadionida maydonga tushishdi. Uchrashuvni bosh hakam Yuan Luka Sakki boshqarib bordi.
65-daqiqada "Sassuolo" hujumchisi Sebastyano Espozito uchrashuvda hisobni ochdi. 82-daqiqada "Yuventus" vingeri Edon Jegrova muvozanatni tikladi. 89-daqiqada shotlandiyalik Kiron Boui maydon egalarining ikkinchi golini urdi. 90-daqiqada Jegrova dubl qayd etdi. 90+4-daqiqada esa yarim himoyachi Vasilie Adjich "Sassuolo"ga g'alaba keltirdi.
"Yuventus" va "Sassuolo" Italiya chempionati turnir jadvalida mos ravishda sakkizinchi va to'qqizinchi o'rinlarni egallab turibdi. Har ikkala klub hisobida to'rtta uchrashuvdan keyin ettitadan ochko mavjud.