"Yuventus" tarixida ilk bor A Seriya o'yinini maydonda bitta ham italiyaliksiz boshladi
14.09.2026 00:48 Ўқилди: 1018
A Seriya doirasida "Sassuolo"ga qarshi o'yinning boshlang'ich tarkibiga bosh murabbiy Luchano Spalletti Italiyadan bo'lgan birorta ham maydon futbolchisini kiritmadi. Jamoadagi yagona mahalliy o'yinchi darvozabon Gulelmo Vikario bo'ldi.
Turinliklar chempionat bahsini maydonda birorta ham italyan futbolchisisiz boshlagani klub tarixida ilk bor kuzatilmoqda.