Stankovichga APLning uchta klubi qiziqish bildirgan
12.09.2026 13:56 Ўқилди: 938
Bu haqda jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchini sotib olishga Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirgan. Gap "Liverpul”, "Manchester Yunayted" va Londonning "Tottenxem" klublari haqida bormoqda.
Stankovich Belgiyaning "Bryugge" klubidan Milanning "Inter" klubiga o'tdi. Bitim summasi 23 million evroni tashkil etdi. Aleksandr "neradzurri" bilan 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini tuzdi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi bitta uchrashuv o'tkazdi.