
- Aleksandr Andreevich, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Nima ham derdim... Har tomonlama mag'lub bo'ldik. Munosib g'alaba bilan raqibni tabriklashdan o'zga chora yo'q. Shu bois, o'yinimiz haqida biror narsa deyish qiyin. Ko'p narsa o'xshamadi. Bizda pasayish davri boshlandi shekilli - "Qizilqum" bilan o'yindan beri futbolimiz sifati tobora yomonlashib bormoqda. Hozir ko'p narsani gapirish mumkin, lekin barchasi bahonadek tuyuladi. Raqib barcha jabhalarda bizdan kuchli edi va munosib g'alaba qozondi. Biz har bir tomonlama imkoniyatni boy berdik.
- Oldingi turlarda "Paxtakor" va "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda jamoada ishtiyoq, ko'zlarda alanga ko'rgandik. Bugun esa bu ko'rinmadi. Bu nima bilan bog'liq?
- Bilasizmi, bu nima bilan bog'liq... Afsuski, bunday uchrashuvlarning ahamiyatini juda yaxshi tushunib turgandik. Lekin bugun biz o'ylagandek o'ynashmaydi. Biz hatto kurash ham taklif eta olmadik. Ko'rsatmalarda gaplashgan narsalarimiz amalda aksincha bo'ldi: o'tkazib yuborilgan gollarda ham to'p yo'qotilganidan keyingi o'tish fazalarida sodir bo'ldi. 3-daqiqada o'zimiz o'tkazib yuborgan va raqibga foralarni yaratib bergan tushunarsiz birinchi golni-ku aytmayman ham.
Ehtimol, kuchimiz yetmadi, mahorat yetishmadi. Bunday o'yinlarda emociyalardan tashqari yana nimadir kerak bo'ladi, bizda esa bugun hech narsa bo'lmadi. Yomon himoyalandik, yomon hujum qildik, ikkinchi to'plarning barini boy berdik. Sababini tushunib turibman - har bir o'yinda har xil tarkib bilan o'ynashga majbur bo'lyapmiz. Maydon markazini boy berdik. Markaziy zonada o'ynaydigan futbolchilarimiz yo'q edi.
- Bugungi mag'lubiyatdan keyin "Buxoro" bronza medallari uchun poygadan chiqdi desak bo'ladimi?
- Nazariy jihatdan olsak, ha, shunday deyish mumkin. Chunki bunday chempionatda 7 ochkolik farq va turnir jadvalidagi zichlikni hisobga olsak, bu juda katta ustunlik. Bunday farqni yo'qotish qiyin bo'ladi. Lekin takrorlayman, barcha jamoalar barqaror o'ynamayapti, ochko yo'qotyapti. Shuning uchun harakat qilib ko'ramiz. Echim va futbolchilar uchun motivaciya izlashda davom etamiz. Oldinda yana 9 ta tur bor, to'xtashga hali vaqt erta.
- Natijalar pasayishi Javohir Ro'zievning yo'qotilishi bilan qanchalik bog'liq?
- Ro'zievni yo'qotganimizdan keyin tarkibimiz sezilarli darajada kuchsizlandi. Natijalarning o'zi ham barchasini aytib turibdi. Xayrullaev terma jamoaga ketgan. Shu sababli tayanch zonasida muammolar paydo bo'ldi. Jo'raev sariq kartochka oldi. Vaholanki, bizda buzuvchi xaraktyerdagi yarim himoyachi qolmagandi. Esanov va Quvondiq Ro'ziev ko'proq hujumkor plandagi o'yinchilar, ularda himoyalanish ko'nikmalari unchalik rivojlanmagan. Mag'lubiyatimizning asosiy sabablaridan biri shu.
- Dominik Begichga ko'p imkon berilmayotganining sababi nimada? Kacharava ko'p imkoniyatlarni boy bersa ham asosiy tarkibda tushyapti...
- Raqibning bo'yi baland 4 ta himoyachisiga qarshi o'ynashimizni bilardik. Bizga havodagi kurashlarda ustunlik kerak edi. Nikaning bo'yini inobatga olib, uning roli bugungi o'yinda Dominik Begichnikiga qaraganda muhimroq bo'ladi deb hisobladik. Shu sababli u asosiy tarkibda maydonga tushdi.
- Darvozabon Xamroevning jarohati o'yinga qanchalik ta’sir qildi?
- Jarohatdan ko'ra, u o'tkazib yuborgan gol uchrashuvga ko'proq ta’sir qildi. 3-daqiqadayoq raqibga burchak zarbasini tezkor amalga oshirishga imkon berdik va mantiqsiz gol o'tkazdik. Bunday muhim o'yinda dastlabki daqiqalardayoq raqibga ustunlik berib qo'yish yoqimsiz, albatta.
Shunga qaramay, hisobni tenglashtirib, o'yinga qayta oldik. Birinchi bo'limda o'sha goldan keyin raqibda boshqa yaqqol vaziyatlar bo'lganini eslay olmayman. Ular ustunlik qilishdi, lekin xavfli vaziyatlar bo'lmadi. Ikkinchi bo'limda esa biroz ochildik va raqib bundan unumli foydalanib, bizi jazoladi. Bunday o'yinlar boshqacha o'ynaladi. Bu biz uchun saboq, xatolardan xulosa chiqaramiz.
![]() | 08.09.2026 23:56 Ўқилди 23539 LIVE. YCHL. "Real Madrid" - "Inter" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.09.2026 01:56 Ўқилди 17827 "Al Hilol" Saudiya ligasida 47 ta o'yindan keyin ilk marta mag'lubiyatga uchradi |
![]() | 11.09.2026 02:16 Ўқилди 6964 YCHL. Umumiy guruh bosqichining 1-turi yakunlandi |
![]() | 12.09.2026 01:40 Ўқилди 6459 Sergey Lushchan: "Agar vaziyat shunday davom etsa, mundialga chiqish uchun yana o'n yil vaqt kerak bo'ladi. Chempionatimiz saviyasi yaqqol pasaydi, chunki..." |
![]() | 09.09.2026 21:48 Ўқилди 6379 LIVE. YCHL. "Barselona" - "Feyenoord" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 09.09.2026 00:40 Ўқилди 5538 Figu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan Mbappega YCHL "Oltin butsa"sini topshirdi |
![]() | 09.09.2026 01:16 Ўқилди 5512 Mbappe "Real" tarkibida YCHLda 26 ta o'yinda 23 ta gol urdi |
![]() | 05.09.2026 23:24 Ўқилди 4520 Bundesliga. Yetakchilarda inqiroz davom etadi – "Bavariya" mehmonda "Shalke 04"ni yuta olmadi |
![]() | 09.09.2026 02:08 Ўқилди 4031 YCHL. "Manchester Siti" mehmoda 3 ochko oldi, "Betis" irodali g'alabaga erishdi, Dortmundda 5 ta gol urildi |
![]() | 06.09.2026 01:32 Ўқилди 3843 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Ittihod" "Al Nassr"ni mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида