"Real" Espining taqdimotini o'tkazdi. Hujumchi kecha "Espanol"ga qarshi g'alaba keltirgan golni urdi
24.08.2026 00:16 Ўқилди: 860
30 iyul kuni "Real" 25 million evroga "Levante"ning eng yaxshi to'purari va La Liganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisini sotib oldi. Espi 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Karlos kecha 2-turda "Espanol"ga qarshi o'yinda (2:1) 90-daqiqada 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, g'alaba golini urdi. Bu uning "Madrid"dagi debyut o'yini edi.
Bugun "qaymoqranglilar" futbolchining taqdimotini o'tkazdi. Klub prezidenti Florentino Peres hujumchi bilan besh yillik shartnoma imzolagan Espini majlislar zalida qabul qildi. Keyin Espiga "Santyago Bernabeu" stadionining nusxasi, soat va uning nomi va 19-raqami tushirilgan futbolka topshirildi. Tadbirda "Real"ning faxriy prezidenti Pirri ham ishtirok etdi.