Eron Pro ligasi. "Istiqlol" ishonchli g'alabaga erishdi
23.08.2026 23:08 Ўқилди: 164
Mezbonlar safida himoyachi Rustam Ashurmatov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov esa zaxirada qoldirildi.
“Istiqlol” 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Gollarga Yasir Asani (4-daqiqa) va Ismaili Galizada (11) mualliflik qildi.
Tehron klubi chempionatda 3 ta o'yinda 9 ochko jamg'argan holda jadvalda yetakchilik qilmoqda.