
– O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?
– O'yin, ehtimol, barchaga manzur bo'ldi. Yaxshi uchrashuv o'tkazildi. Eng asosiysi – biz bugun g'alaba qozondik, o'z xarakterimizni va mustahkam irodamizni namoyish eta oldik. Men, birinchi navbatda, yigitlarga o'zimning minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan barcha muxlislar, shubhasiz, o'yindan rozi bo'lishdi. Birinchi bo'limga to'xtaladigan bo'lsak, ha, biroz qiyinchilik tug'ildi. Ikkinchi bo'limga esa yuqori kayfiyat, kuchli ishtiyoq va fidoyilik bilan chiqdik hamda, eng asosiysi – maqsad qilingan natijaga erishdik.
– O'zingiz ta'kidlab o'tganingizdek, jamoaga birinchi bo'limda ham ikkinchi bo'limdagi kabi o'ynashga nima to'sqinlik qildi? Yoki ular buni uddalay olishmadimi?
– Bu vaziyatda o'zimizning ham xatolarimiz kuzatildi. Xususan, oldingi chiziqda to'p nazorati etarli darajada bo'lmadi. Biroq, umuman olganda, raqiblar hech qanday xavfli vaziyat yarata olishmadi. Biz hattoki o'zimizning xatomiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Aks holda, ular birinchi bo'limda birorta ham xavfli vaziyat yarata olishmas edi. To'g'ri, ular to'pga ko'proq egalik qilishdi, lekin bu baribir asosiy ko'rsatkich emas. Biz shunchaki to'g'ri taktikani yo'lga qo'ydik va kerakli natijaga erishdik. Yana bir bor takidlayman, birinchi navbatda, yigitlardan minnatdorman.
– Navbatdagi turga oid so'nggi savolim: Toshkentda "G'azalkent" jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda qanday harakat qilmoqchisizlar?
– Biz har bir o'yinga, xuddi so'nggi uchrashuvdek, faqat g'alaba qozonish maqsadida maydonga tushamiz. Oldimizda boshqa hech qanday vazifa yo'q. Maqsadimiz – faqat g'alaba.
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21270 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14410 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 6037 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4216 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 4003 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3346 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 3106 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 23.08.2026 01:16 Ўқилди 3073 "Inter" Lautaroning "Barsa"ga transferini "hatto 100 mln evroga" ham muhokama qilishni istamaydi |
![]() | 17.08.2026 19:56 Ўқилди 3017 Buskets “Barselona”ga qaytdi |
![]() | 17.08.2026 01:48 Ўқилди 2797 "Lans" PSJni mag'lub etib, Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi |
Реклама
Сайт хақида