
"Arsenal" - "Koventri Siti" 3:0
Gollar: 15 - Kay Xaverc, 23 - Bukayo Saka, 49 - Martin Edegor
“Arsenal”: 1. David Rayya, 4. Ben Uayt, 3. Kristyan Moskera, 6. Gabriel Magalyayns, 33. Rikkardo Kalafori (5. Pero Inkape, 81’), 8. Martin Edegor (23. Mikel Merino, 76’), 49. Maylz Lyuis-Skelli, 41. Deklan Rays (36. Martin Subimendi, 68’), 29. Kay Xaverc, 17. Xristos Colis (10. Eberechi Eze, 76’), 7. Bukayo Saka (20. Chukvunonso Madueke, 68’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 14. Viktor Gyokeresh, 22. Itan Nvaneri, 56. Maks Doumen.
“Koventri Siti”: 19. Karl Rashvort, 27. Milan van Eveyk, 4. Bobbi Tomas, 24. Orel Amenda, 3. Jey Dasilva, 8. Kaleb Yirenki (29. Viktor Torp, 62’), 6. Mett Graymz, 16. Frenk Oneka, 18. Lum Chauna (38. Gustavo Xamer, 82’), 9. Ellis Simms (14. Tayvo Avoniyi, 70’), 23. Brendon Tomas-Asante (5. Jek Rudoni, 70’).
Zaxira: 13. Ben Uilson, 15. Liam Kitching, 7. Tacuxiro Sakamoto, 22. Joel Latibode, 28. Josh Ekkls.
Ogohlantirishlar: 27 - Kaleb Yirenki, 34 - Gabriel Magalyayns
90+5. O'yin yakunlandi!
90+5. Ezening jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
90+1. Merinoning ajoyib zarbasidan so'ng to'pni Rashvort qiyinchilik bilan qaytardi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
86. Havolatib uzatilgan to'pni Rudoni bosh bilan darvozaga yo'lladi, Rayya ushlab oldi.
85. To'pchilar natijadan qoniqmoqda, ortiqcha oldinga o'tish ham, xavfli vaziyatlar ham yo'q.
78. Merino o'ngdan oldinga yurish qildi, hamma undan uzatma kutayotgan bir pallada to'pni erlatib darvozaga tepdi, ammo himoyachilardan o'tmadi.
75. “Arsenal” hujumlarni biroz kamaytirdi, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.
67. Bobbi Tomasning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
65. Colisdan yana bir zarba, bu safar uzoqdan va bu safar darvozabondan ajoyib seyv ko'rdik!
61. Ajoyib kombinaciyadan so'ng Colis darvozaga kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
56. Bosh hakamning ayrim texnikalari ishlamagani sababli o'yin to'xtadi biroz.
52. Lyuis-Skellining uzoqdan yo'llagan zarbasini “Koventri” posboni ajoyib tarzda qaytardi!
50. Ikkinchi bo'limda ham tezkor gol bo'ldi, buyog'iga “Arsenal”ning ishtahasi yanada ochiladi!

49. GOL! Edegor hisobni yiriklashtirdi! Ben Uaytning uzatmasidan so'ng Martin darvozaga to'pni yo'lladi, aslida, zarba o'xshamagandi, biroq “Koventri” posboniga tegib to'p darvoza to'ridan joy oldi.
47. Mezbonlar bo'limni faol boshlashdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+2. Endi zarba navbati Raysga: biroq to'p birozgina noaniq ketdi…
45+1. Edegorning darvoza tomon tepgan to'pi raqibga tegib, maydonni tark etdi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
42. Lum Chaunaning akrobatik uslubda bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.
38. Kalaforining jarima maydonchasi tashqarsidan yo'llagan zarbasi raqib himoyachisiga tegib qaytdi.
33. Uayt jarima maydonchasi ichidan erlatib zarba berdi, bunga esa raqib himoyachisi “blok” qo'ya bildi.
32. Maydon egalari endi xotirjam o'ynashmoqda. Jamoa to'p nazoratini o'ziga olgan va uni raqibga berish niyatlari yo'q.
25. Lyuis-Skelli markazda to'pni yo'qotgandi, so'ng bir necha urinishda to'pni yana qaytarib oldi. Mana Top jamoalarning tayanch yarim himoyachilari qanday o'ynashadi!
24. Haaaa, do'stlar! Amaldagi chempion chempionshipdan qaytgan klubni hozircha “ko'rdim demayapti”.

23. GOL! Saka hisobni ikkitaga oshirdi! Rays markazda to'pni olib qo'yib, uni chapga uzatdi, bu yerda Colis markazga qayta uzatdi, darvozabondan qaytgan to'pni Bukayo darvozaga joylab qo'ydi!
21. Temp biroz tushdi, “to'pchilar” to'pni nazorat qilishmoqda.
16. Hisob ochildi uchrashuvda, buyog'iga endi “Koventri” faollikni yanada oshirsa kerak.

15. GOL! Xaverc APLning joriy mavsumidagi ilk golni urdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Kay darvoza aniq yo'lladi!
9. Deklan Raysning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
7. Sakaning juda yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Rashvort qaytardi!
5. Colisning zarbasi noaniq bo'ldi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning yangi 2026/27 yilgi mavsumi 1-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Koventri Siti" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21234 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14377 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 6016 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 3973 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3325 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 3097 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 17.08.2026 19:56 Ўқилди 3005 Buskets “Barselona”ga qaytdi |
![]() | 17.08.2026 01:48 Ўқилди 2794 "Lans" PSJni mag'lub etib, Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi |
![]() | 13.08.2026 01:56 Ўқилди 2678 PSJ "Aston Villa"ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi |
![]() | 17.08.2026 21:40 Ўқилди 2524 "Man Siti" hamon Enconi sotib olishni xohlamoqda. Dedlayn tugaganidan keyin klub "Chelsi"ga 120 million funtdan yuqori summani taklif qilishi kerak bo'ladi |
Реклама
Сайт хақида
