
"Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. "Paxtakor"ning maqsadi chempion bo'lish. Bizga ham ochkolar juda kerak. Shukr, bugun bir ochkoni qo'lga kirita oldik. Yigitlarga rahmat, ular katta mehnat qilishdi. Har bir jamoada yaxshilanishi kerak bo'lgan jabhalar etarlicha topiladi. Termizdan kelgan muxlislarimizga rahmat. Har doim o'z muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Muxlislarimiz bugun uyga yaxshi kayfiyatda qaytadi degan umiddaman", - deya gap boshladi Anvar G'ofurov.
- "Surxon" "Paxtakor" uchun noqulay raqibga aylanib bo'ldi. Bugungi o'yinda ham "Surxon" yangilik qilmay, birinchi davradagi o'yin rejasini o'zgartirmagandek. To'g'ri, qimmatli ochko qo'lga kiritildi. Lekin musobaqa jadvalidagi o'rni yaxshi emas...
- Men unday o'ylamayman. Biz etarlicha vaziyatlar yaratdik. "Paxtakor" juda katta nom. Ular ham o'z imkoniyatlariga ega bo'ldi. Bugun biz ancha ishonchliroq harakat qildik, deyman. Bugun esa so'nggi daqiqaga qadar ikki tomonda ham vaziyatlar bo'ldi.
- Futbolchilaringiz hakamlarga ko'p etiroz bildirgandek...
- Hakam bilan gaplashish mumkin emas degan qoida yo'q. Hakam xohlasa o'yinni davom ettiradi, xohlasa yo'q. Kimdir hakamdan norozi bo'ladi, kimdir rozi. Bu futbol. Qaysidir o'yinlarda esa ikki jamoa ham hakamga etiroz bildirmaydi. Har bir jamoa g'alaba uchun harakat qiladi. Bizga ham g'alaba kerak. Gapirsak gap ko'p. Yigitlar maydonda borini berib harakat qilishmoqda. Qayerdadir bizga omad yetishmayapti. Biz namoyish etayotgan futbol baribir o'z mevasini beradi.
- O'yin oxiridagi vaziyatning takrorini ko'rdingizmi?
- Men sizni tushunaman, "Paxtakor" ishchisi sifatida....
- Yo'q, men jurnalistman.
- Men u vaziyatni ko'rmadim. Men hakamlarga to'liq ishonaman. Futbolchilar o'z ishini qilsin. Namanganda bo'lgan voqea menga dars bo'ldi. Bugun asabiy o'yin bo'ldi. Maydonda o'yin kechadi.
- Amerikalik legioner bugungi uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmadi. U jamoaga kelib qo'shilishga ulgurdimi?
- Santyago biz bilan mashg'ulot o'tkazmoqda, ammo u jamoaga kech qo'shildi. U qoidalar bo'yicha bir muddat O'zbekistondan tashqarida bo'lib keldi. Sekin-astalik bilan jamoaga qo'shilib ketadi deb o'ylayman.
- "Surxon" to'rt oydan beri maosh olmayapti degan gaplar bor. Masalan, "Bunyodkor" ustozi Zeytullaev har bir o'yindan so'ng bu haqda gapiradi. Sizdan esa umuman bu holat haqida biror narsa eshitmadik. Ushbu muammoni ataylab muhokama qilishni istamaysizmi?
- Biz o'z ishimizni qilishimiz kerak. Rahbariyat bor-ku. Men gapirganim bilan vaziyat o'zgaradi deb o'ylamayman. Men murabbiyligimni, futbolchilar esa o'z ishini qilishi kerak. Kundan kunga yaxshilanib borishimiz kerak. Muammo bizda ham bor. Ushbu savolga javob berishimning hojati yo'q.
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21231 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14377 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 6016 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 3973 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3325 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 3097 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 17.08.2026 19:56 Ўқилди 3005 Buskets “Barselona”ga qaytdi |
![]() | 17.08.2026 01:48 Ўқилди 2794 "Lans" PSJni mag'lub etib, Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi |
![]() | 13.08.2026 01:56 Ўқилди 2678 PSJ "Aston Villa"ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi |
![]() | 17.08.2026 21:40 Ўқилди 2524 "Man Siti" hamon Enconi sotib olishni xohlamoqda. Dedlayn tugaganidan keyin klub "Chelsi"ga 120 million funtdan yuqori summani taklif qilishi kerak bo'ladi |
Реклама
Сайт хақида
