O'zFHM "Paxtakor"ning hisoblanmagan goli bo'yicha bayonot bilan chiqdi, biroq...
22.08.2026 00:56 Ўқилди: 227
Biroq tashkilot o'z bayonotida qarorning to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lganini yozib o'tmagan.
Superliga 18-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi gol urdi.
Ushbu vaziyat VAR hakami tomonidan ko'rib chiqilib, chiziq chizilgandan so'ng “Paxtakor”ning 17-raqamli futbolchisi to'p uzatilgan vaqtda ofsayd holatida bo'lgani hamda to'p uchun faol kurash olib borgani haqida bosh hakamga ma'lumot berildi. Shundan so'ng bosh hakam VAR hakamining ma'lumotiga asosan golni bekor qildi.
Biroq, mazkur vaziyatda VAR hakami bosh hakamni monitor orqali vaziyatni qayta ko'rib chiqishga chaqirmasdan xatoga yo'l qo'ydi.
Biroq VAR protokollarida shunday yozilgan qoida bor:
“Hakam VAR monitoriga BORMAYDIGAN holatlar (Faktik holat) Aniq chiziq (fakt): Agar masalaga faqat o'yinchining poziciyasi taalluqli bo'lsa (yani, hujumchi raqib himoyachisidan oldindami-yo'qmi va to'pga tegdimi), bu faktik qaror hisoblanadi. Jarayon: VAR hakamlari video-takror va chiziqlar (yoki yarim avtomatik ofsayd tizimi) orqali poziciyani aniqlaydi va quloqchin orqali bosh hakamga "Ofsayd bor" yoki "Ofsayd yo'q" deb ma'lum qiladi. Bosh hakam monitorga bormasdan, to'g'ridan-to'g'ri o'yinni to'xtatadi yoki golni inkor etadi/hisoblaydi”
Shu qoidadan kelib chiqadigan bo'lsak, Jasur Muxtorovning bu holatda VAR monitoriga yaqinlashishi kerak bo'lmaydi.