Kerrik: “MYUda oson taqvim? APLga endigina ko'tarilgan jamoaga qarshi safarda o'ynash - juda qiyin”
21.08.2026 20:40 Ўқилди: 646
Angliya chempionatining ilk turida “Yunayted” safarda “Xall Siti” bilan bahs olib borsa, keyin o'z maydonida “Ipsvich Taun”ni qabul qiladi. Har ikkala klub ham o'tgan mavsumda Chempionshipda qatnashgan.
“Birinchi navbatda, hozir bu ligada hech kimda oson start bo'lmaydi. Menimcha, boshlanishi ikkala jamoa uchun ham [biz uchun ham, “Xall Siti” uchun ham] murakkab kechadi. Biroq biz shanba kunidan nariga qarayotganimiz yo'q. Premer-ligaga endigina ko'tarilgan jamoaga qarshi safar uchrashuvi - bu juda va juda qiyin o'yin. Men avval ham bunday bahslarda ishtirok etganman.
Shu sababli shanba kuni bizni nima kutayotganini va nimaga tayyor bo'lishimiz kerakligini juda yaxshi tushunamiz. Shu bois bizning startimizni qulay deb atamagan bo'lardim. Chetdan bunday deyish oson, ammo qaysidir manoda bu kulgili va bu vaziyatga butunlay boshqacha qarayman”, – dedi Kerrik.
“Xall” – MYU uchrashuvi 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.