
“O'zbekiston futzal federatsiyasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi millionlar o'yini ishqibozlarini unutilmas sport bayramiga chorlaydi.
2 sentyabr | 18:00
“Humo Arena”
Futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi - 2026
BMB – SQB
Superkubok bahsi nafaqat nufuzli sovrin uchun kurash, balki jahon va o'zbek futboli afsonalari ishtirokidagi katta sport shousi bilan ham yodda qoladi!
3 sentyabr | 18:00
“Bunyodkor” stadioni
Jahon futboli afsonalari – O'zbek futboli afsonalari
Yaqin o'tmishning yashil maydon afsonalari Toshkentda bir maydonda jam bo'ladi.
4 nafar jahon chempioni, 1 nafar vice-chempion, 3 nafar Amerika Kubogi sohibi, Yevropa chempioni va vice-chempionlari, UEFA Chempionlar Ligasi g'oliblari ishtirokidagi tarixiy uchrashuvga birgalikda guvoh bo'lamiz.
Va bu hali hammasi emas...
Tadbir tashkilotchilarining yana bir sirli syurprizi bor! Toshkentga yana bir nafar jahon chempioni hamda “Oltin to'p” sohibi tashrif buyurishi kutilmoqda!
Sirli mehmonning kimligini topgan muxlislarimiz uchun ham qimmatbaho sovg'alarimiz bor. Sovg'alarni qo'lga kiritish tartibi haqida alohida post qo'yamiz!”, – deyiladi Futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.
Jahon futboli afsonalari tarkibida:
Darvozabon: Julio Cesar
Himoyachilar: Marko Materacci, Jerom Boateng, Michel Salgado, Kristian Zakkardo
Yarim himoyachilar: Esteban Kambyasso, Rikardu Kuarejma, Uesli Sneyder, Oskar
Hujumchilar: Kevin Kurani, Vinchenco Yakvinta

“O'zbekiston futzal federatsiyasi hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu bayram tadbirlari uchun chiptalar tez orada “Humo Arena” va “Bunyodkor” stadioni kassalarida tarqatiladi.
Bir muxlisga 2 dona chipta beriladi”, – deya qo'shimcha qilinadi xabarda.
![]() | 18.08.2026 01:00 Ўқилди 21213 FIFA Infantinoning JCH huquqlarini sotish rejasini tanqid qilgan operaciyalar direktori Lyamurni ishdan bo'shatdi |
![]() | 16.08.2026 01:16 Ўқилди 14374 Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi |
![]() | 16.08.2026 19:08 Ўқилди 6001 Superliga. "Nasaf" – "Paxtakor" (matnli translyatsiya) |
![]() | 17.08.2026 23:32 Ўқилди 3964 "Galatasaroy" prezidenti O'zbek Brunu uchun MYUga 35+15 mln evro, yarim himoyachiga esa yiliga 21 mln evro taklif qilishga tayyor |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3319 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 16.08.2026 08:32 Ўқилди 3094 Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi |
![]() | 17.08.2026 19:56 Ўқилди 2999 Buskets “Barselona”ga qaytdi |
![]() | 17.08.2026 01:48 Ўқилди 2785 "Lans" PSJni mag'lub etib, Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi |
![]() | 13.08.2026 01:56 Ўқилди 2675 PSJ "Aston Villa"ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi sohibi bo'ldi |
![]() | 17.08.2026 21:40 Ўқилди 2515 "Man Siti" hamon Enconi sotib olishni xohlamoqda. Dedlayn tugaganidan keyin klub "Chelsi"ga 120 million funtdan yuqori summani taklif qilishi kerak bo'ladi |
Реклама
Сайт хақида
