Paredes JCH-2026 finalidan keyingi janjal uchun 10 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
21.08.2026 19:32 Ўқилди: 822
JCH-2026 finalidan so'ng yarim himoyachi dastlab Erik Garsiyani keskin ravishda itarib yuborib, tomog'idan bo'g'gan, so'ngra Gavining yuziga qo'li bilan zarba berib, uni maysaga yiqitgan.
Shuningdek, to'polonda qatnashgan argentinalik himoyachi Molina 7 ta o'yinga chetlatilgan bo'lsa, Paredes tomonidan yuziga urilgan Gavi esa 1 o'yinlik diskvalifikaciya oldi.