PSJ himoyachisi 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
20.08.2026 12:24 Ўқилди: 1153
Ushbu qaror Fransiya professional futbol ligasi (LFP) intizom qo'mitasi tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuv yakshanba kuni bo'lib o'tdi va parijliklarning 0:1 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. 88-daqiqada Mendesh maydon markazida “Lans” yarim himoyachisi Mixal Skurasga tirsagi bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydondan chetlatilgandi.
Shuningdek, “Lans” himoyachisi Killian Antonio ham jazoga tortildi. U 39-daqiqada maydondan chetlatilishiga sabab bo'lgan qo'pol chalish uchun 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.