"Bu sharmandalik". O’Xara "Manchester Yunayted" egalarini tanqid qildi
19.08.2026 12:32 Ўқилди: 355
"Menimcha, bu sharmandalik. Ularning Kerrik bilan qilgan ishi - sharmandalik. Ular uni taklif qilishdi. Uni qo'llab-quvvatlashlarini aytishdi. Unga imkoniyat berishdi. O'tgan mavsumda u jamoani Chempionlar Ligasiga qaytarib, fantastik ishni amalga oshirdi, buning evaziga esa unga bor-yo'g'i ikkita futbolchi berishdi.
Yuri Tilemans - tuzukkina futbolchi. Ajoyib transfer. Ammo Andre Santos… Bilasizmi, biz hali uning umuman munosib futbolchi ekaniga aniq ishonch hosil qilganimiz yo'q. "Manchester Yunayted" bundan ancha yiroqda, biz esa allaqachon ularning Chempionlar Ligasida o'ynashi haqida gapiryapmiz. Ularda uch yoki to'rt yil oldingi o'sha to'rtta himoyachi o'ynamoqda.
Lyuk Shou himoyaning chap qanotida yana bir mavsumni o'tkazadi. Adolat yuzasidan unga tan berish kerak. Himoya markazida Garri Maguayr. Biz "Manchester Yunayted" haqida gapiryapmiz. Ular peshqadamlar qatoriga qaytishga harakat qilishlari kerak-ku", - dedi O’Xaraning so'zlarini keltirgan ManUtd.One.