
Ko'plab muxlislarning hayratiga sabab bo'lgan bayonotida belgiyalik futbolchi yozda Birmingemdan ketishga unchalik intilmagani, chunki bor e'tiborini terma jamoasi bilan Jahon chempionatidagi ishtirokiga qaratganini aytdi:
“Klub bilan ikki marta gaplashdim, ammo bu hech qanday natija bermadi, shuning uchun bunga juda xotirjam qaradim. Asosan barcha ishlarni agentim olib bordi, men esa e'tiborimni men uchun juda muhim voqea bo'lgan Jahon chempionatiga qaratdim. Vaqti-soati kelib, hamma narsa kelishib olingach va maqbul deb topilgach, bu haqda menga xabar berishdi.
To'g'risini aytsam, bu yozda transfer amalga oshishini unchalik kutmagandim. Shunchaki futbolga, Jahon chempionatiga e'tibor qaratdim va terma jamoamda maksimal darajada yaxshi o'ynashga harakat qildim. Ammo yozda har doim nimadir yuz berishi mumkin”, – dedi Tilemans klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga 35 million funt sterling evaziga o'tdi. Uning “Aston Villa” bilan shartnomasidagi tovon puli aynan shunchani tashkil etardi.
![]() | 08.09.2026 23:56 Ўқилди 23605 LIVE. YCHL. "Real Madrid" - "Inter" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.09.2026 01:56 Ўқилди 17884 "Al Hilol" Saudiya ligasida 47 ta o'yindan keyin ilk marta mag'lubiyatga uchradi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10284 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7510 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 11.09.2026 02:16 Ўқилди 7099 YCHL. Umumiy guruh bosqichining 1-turi yakunlandi |
![]() | 12.09.2026 01:40 Ўқилди 6516 Sergey Lushchan: "Agar vaziyat shunday davom etsa, mundialga chiqish uchun yana o'n yil vaqt kerak bo'ladi. Chempionatimiz saviyasi yaqqol pasaydi, chunki..." |
![]() | 09.09.2026 21:48 Ўқилди 6409 LIVE. YCHL. "Barselona" - "Feyenoord" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 09.09.2026 00:40 Ўқилди 5568 Figu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan Mbappega YCHL "Oltin butsa"sini topshirdi |
![]() | 09.09.2026 01:16 Ўқилди 5545 Mbappe "Real" tarkibida YCHLda 26 ta o'yinda 23 ta gol urdi |
![]() | 05.09.2026 23:24 Ўқилди 4535 Bundesliga. Yetakchilarda inqiroz davom etadi – "Bavariya" mehmonda "Shalke 04"ni yuta olmadi |
Реклама
Сайт хақида