"Napoli" Lukakuni 6 million evro va bonus evaziga "Fenerbaxche"ga sotdi
12.08.2026 21:32 Ўқилди: 409
"Fenerbaxche" Belgiya terma jamoasining 33 yoshli hujumchisi transferi haqida e'lon qildi. Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmayapti. Futbolchi bugun kechqurun Turkiyaga yetib keladi.
Avvalroq Istambul klubi Romelu uchun 6 million evro va bonus to'lashi xabar qilingan edi.
Seriya Aning o'tgan mavsumida Lukaku bor-yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. 2026 yilgi jahon chempionatida uning hisobida 6 ta o'yinda 3 ta gol va bitta assist bor.