"Galatasaroy" "Arsenal"ga 45 mln evro taklif qildi
12.08.2026 21:16 Ўқилди: 156
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, turk klubi 25 yoshli vinger uchun "Arsenal"ga 45 million evro taklif qilgan. Takidlanishicha, braziliyalik futbolchi "Galatasaray"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. O'tgan mavsumda APLda Martinelli 30 ta o'yin o'tkazib, maydonda o'rtacha 35 daqiqa bo'lgan holda, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.