Skoulz Romeroning MYUga o'tishini yoqlamoqda: "Bilaman, u tentak, lekin u yaxshi markaziy himoyachiga aylanishi mumkin"
12.08.2026 12:56 Ўқилди: 372
"O'ylaymanki, o'tgan yozda ular hujumdagi muammolarni hal qilishdi, ammo, shekilli, yana ikkita markaziy himoyachi kerak. Siz bundan kulishingiz va menga dakki berishingiz mumkin, lekin men "Tottenxem"dan Romeroni sotib olgan bo'lardim". "Bilaman, u tentak va uning intizom bilan bog'liq muammolari bor, lekin u juda yaxshi markaziy himoyachiga aylanishi mumkin, Kerrik esa uni haqiqatan ham tinchlantira olardi. Jahon chempionati finalida himoya markazida o'ynagan futbolchi uchun 30-40 million funt haqida gapirishmoqda. Bilaman, uning intizom bilan muammolari bor, lekin men uni olgan bo'lardim. O'ylaymanki, ularga markaziy himoyachi o'ta zarur, hozirgilari esa etarlicha yaxshi emas", – dedi "MYU"ning sobiq yarim himoyachisi. Xabar qilinishicha, Romero "Atletiko"ga o'tishi mumkin.