Deku Lautaroning agenti bilan uchrashdi. "Inter" hujumchisi "Barsa" uchun Alvaresga muqobil variant
12.08.2026 12:08 Ўқилди: 271
Kataloniyaliklar "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning transferi borasida kelishuvga erishib bo'lmagan taqdirda muqobil variantlarni o'rganib chiqmoqda. Jijantes xabariga ko'ra, Deku Argentina terma jamoasining 28 yoshli futbolchisining kelajagini muhokama qilish uchun o'tgan hafta Alexandro Kampano bilan uchrashdi. Martines 2018/19 yilgi mavsumdan buyon "neradzurri" safida to'p surmoqda.