"Tottenxem" "Manchester Siti" futbolchisini 60 mln funtga sotib olishga yaqin
09.08.2026 07:32 Ўқилди: 194
London klubi 60 mln funtlik kelishuvni kelishib oldi va "shaharliklar"dan braziliyalik futbolchi o'rniga boshqa o'yinchi topish uchun ruxsat kutmoqda.
Savio - Roberto De Dzerbining ushbu yozdagi asosiy transfer nishoni hisoblanadi. "Tottenxem" yangi futbolchilar uchun allaqachon 270 mln funt atrofida mablag' sarflab bo'ldi.
Savio "Manchester Siti"da 2024 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 36 o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.