
- O'yin haqida fikringiz?
- "Nasaf" stadioniga qaysi jamoa bilan kelgan bo'lsam, bu yerdagi muhit va maydon holati doim yoqqan. "Nasaf" bilan doim qiziqarli o'yinlar kechgan. Bugun 16-turni o'tkazgan bo'lsak, buni eng yaxshi o'yinlarimizdan biri deb aytgan bo'lardim. Bugun har ikki jamoa futbol o'ynadi va o'yin golga qadar davom etdi. Uchrashuvni biroz asabiy boshladik, keyin xotirjam harakat qilishga o'tdik. Dastlabki 45 daqiqalikni o'z rejamiz bo'yicha o'tkazdik. Ikkinchi bo'limning 15-18 daqiqasini raqib maydonida olib bordik. Standartlar bo'ldi, lekin foydalana olmadik. Bahs oxirlarida "Nasaf" bizni qamab qo'ydi, ammo raqib hujumlariga dosh bera oldik. Buning uchun avvalo darvozabonimizga rahmat. Shuningdek maydonda harakat qilgan futbolchilarimizga ham rahmat deb qolaman. O'ylaymanki, natija adolatli bo'ldi. Men yigitlarga hamma bilan o'ynasa bo'ladi deb aytgandim. Yaxshiyam bugun xatolarga yo'l qo'ymadik.
- Gadoev nima uchun o'yin boshidan harakat qilmadi?
- Bu taktika hamda rotaciya bilan bog'liq. Gadoev zaxiradan tushib o'yinni kuchaytiryapti, buning uchun xursandmiz. Muhammadanas bilan Gadoev hujumkor futbolchilar hisoblanadi, ular zaxiradan tushib o'yinni kuchaytira olishadi. Biz kuchli jamoaga qarshi safarda bahs olib bordik, buni ham inobatga olish lozim. Hamma narsani hisobga olamiz, shunchaki taktika tuzmaymiz.
- Jamoangiz oldiga qanday maqsad qo'yilgan?
- Hozirgi kunda turnir jadvalida o'zimizga maqul o'ringa joylashib olishni maqsad qilganmiz. O'zimizga o'zimiz ko'p xatolar olib keldik, oraliq tanaffus bizning foydamizga bo'lmadi. To'rtta turni tanaffusgacha o'tkazib olganimizda yaxshi bo'lardi. Jahon chempionati sabab tanaffus yuzaga keldi, bu orada o'z o'yinimizni yo'qotib qo'ydik. Omad ham kelmadi.
- Omadsiz o'yinlar nima bilan bog'liq?
- Shunga o'zim ham hayronman. Yozgi yig'inimiz qishdagiga nisbatan yaxshi o'tdi. Lekin natija bo'lmadi. Gol ura olmadik, himoyada hushyorlikni yo'qotdik. Agar himoya yaxshi o'ynasa, kamida durang qayd etasan. Bugungi uchrashuvda hamma yaxshi harakat qildi. Darvozabonimiz jaroat olgan bo'lishiga qaramay oxirigacha ishonch bildirdik. Har bir o'yinga professional qarayapmiz. Futbol darajasi o'syapti, taktika, texnika, jismoniy tayyorgarlik - bularning barchasi muhim, shu qatorda intellektual salohiyat ham eng muhim darajaga chiqdi.
- Mavsum boshida viloyat hokimi bu yil "Qo'qon-1912" sovrinli o'rinlar uchun kurashadi, buning uchun bor sharoitni qilib beramiz deb aytgandi.
- Bu haqda ko'p gapirildi. Bizda viloyat hokimligi bilan uchrashuv bo'ldi, o'zaro suhbat kechdi. Albatta, jamoani yuqoriga ko'tarish uchun say-harakatlar bo'lyapti, lekin jadvalga qarsak hozir egalab turgan o'rindamiz. Ko'p narsa gapirish mumkin, ko'p jamoalar dekabr-yanvar oyida chempion bo'lamiz deydi, lekin men bunday demaganman. Hech qachon hujumkor total futbol namoyish etamiz deb ham aytmaganman. Rahbariyatga doim harakat qilamiz deganman. Biz himoyada o'tirganimiz yo'q, oldinga borishga harakat qilyapmiz. O'yinlarimizni ko'ring, hech birida orqada o'tirmaganmiz. Ha, bizda boshqa jamoalardagi kabi energiya yo'qdir, lekin harakat bo'lyapti. Biz kosmosga uchishni orzu qilishimiz kerak emas, har bir o'yinda maydonga chiqib o'ynashimiz kerak.
![]() | 04.08.2026 02:11 Ўқилди 14280 Indoneziya prezidenti JCH-2030ga chiqishni umummilliy vazifa deb atadi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7219 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3954 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3765 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 05.08.2026 00:56 Ўқилди 3590 "Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 2932 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 31.07.2026 02:00 Ўқилди 2659 Kutganmidingiz? Tayyormisiz? Hindiston Braziliyaga qarshi o'ynaydi! |
![]() | 01.08.2026 02:08 Ўқилди 2631 "Barselona" o'rtoqlik o'yinida Chempionship jamoasiga yutqazdi |
![]() | 07.08.2026 01:56 Ўқилди 2607 Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi |
![]() | 01.08.2026 23:48 Ўқилди 2564 "Real" o'rtoqlik o'yinida "Fiorentina" bilan durang o'ynadi |
Реклама
Сайт хақида
