
- O'yin juda qiziqarli va muxlislarbop o'tdi. "Navbahor" - yaxshi jamoa, zo'r murabbiyga ega, o'zining o'yin uslubi bor. O'z navbatida bizning ham o'zimizga hos principlarimiz bor va shuni ushlashga harakat qildik. Bugungi o'yin borasida yigitlarga etirozlar kam, bugun ular ko'p mehnat qilishdi va yaxshi o'ynashdi deb o'ylayman. Boshqa vaziyatlarda bizda vaziyatlarni yakunlash sifati oqsadi.
- "Surxon"ning o'yinida jahon chempionatidan keyin qanday o'zgarishlar bo'ldi?
- Albatta, o'zgarishlar bor. Bizda iqtidorli yosh futbolchilar chiqib kelishyapti va ularga imkoniyat berilyapti. Bunday o'yinlar orqali futbolchilarga katta yuklamalar tushyapti. Chunki biz to'rtta o'yin rotaciya qilganimiz yo'q. Shu o'yinga kelib, futbolchilarga charchoq bilindi. Talablarimiz ham o'ziga yarasha va yuklamalar ham katta. Shu sababli bugungi o'yinda rotaciya qilishga qaror qildik. Yoshlarga imkoniyat berildi va ular o'zlarini ko'rsatishdi. Kelasi o'yinlarda ham rotaciya qilishimiz kerak bo'ladi. Chunki mavsum juda zich. Rotaciya bu yangilik emas, buni bajarib turish kerak. Buning uchun zaxira o'rindig'idagi futbolchilar ham yaxshi bo'lishlari kerak.
- So'nggi vaqtlarda o'z maydonida o'ynamayotgan "Surxon" ko'p tanqid qilinmoqda. Jamoa uyiga borishni istamayotgandek. Surxondaryodagi vaziyat qanaqa?
- Bizda shunday gaplar aytadigan aqlli insonlar juda ko'p. Stadionimiz tayyor bo'lmasa, qayerdadir o'ynashimiz kerakku? Masalan Surxondaryoda o'zimizning 15 ming muxlis qarshisida, bizga muxlislik qiladigan insonlar yonida futbol o'ynagan maqulmi yoki Namanganga kelib, 15 ming namanganlik muxlislarning "Navbahor"ga muxlislik qiladigan joyda o'ynagan maqulmi? Buni o'ylash uchun ko'p aql kerak emas. Bunday gaplarni gapiradigan insonlar juda ko'p. Barchaning o'z vijdoniga havola. Biz ham uyimizda o'ynagimiz keladi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi degan gap bejizga emas. Bu narsa ancha yillardan beri o'z tasdig'ini topgan. O'zbekistonda eng issiq joy Termiz bo'lsa kerak. Toshkentda "Paxtakor" stadionida 3 oyda chim qanday holatga kelib qolganini barcha ko'rdi. Lekin Termizda undan ham issiq. Bu normal holat va bu bizning nazoratimiz ostida emas. O'z muxlislarimiz qarshisida o'ynab, ularning oldida yaxshi kayfiyatda bo'lish bizga ham yoqadi. Bu kerak emas gap. Bu gapning manosi ham yo'q. Masalan Toshkentdagi biror stadionni uy stadioni qilsak ham tushunsa bo'lardi. Lekin biz "Dinamo" maydonida o'ynadik, mana mezbon bo'lib, "Navbahor" stadionida ham o'ynadik. Lekin o'z maydonimiz tayyor bo'lmasa, nimadir qilishimiz kerak. Nasib qilsa, Toshkentdagi biror stadionda uy o'yinlarini o'tkazamiz. Lekin bu ham bizning qo'limizda emas. Barchasini to'g'ri tushunishimiz kerak.
- Jamoani Surxondaryoga qaytarish bo'yicha vaziyat qanday?
- Ishlar davom etyapti. Bu bir kunda bo'ladigan ish emas. "Paxtakor" stadioniga ham qancha pul ketdi va mana maydon dabdala holatda. Tabiat injiqliklarini to'g'ri tushunish kerak. Juda qiyin bu, barchasini to'g'ri qabul qilish kerak. Odamlar o'z reytingini oshirish uchun xayp qilishmoqda. Biz tarafdan odam bo'lsa, bu gapni gapira olishmasdi, menimcha.
![]() | 04.08.2026 02:11 Ўқилди 14229 Indoneziya prezidenti JCH-2030ga chiqishni umummilliy vazifa deb atadi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7165 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3912 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3729 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 05.08.2026 00:56 Ўқилди 3581 "Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi |
![]() | 31.07.2026 02:00 Ўқилди 2647 Kutganmidingiz? Tayyormisiz? Hindiston Braziliyaga qarshi o'ynaydi! |
![]() | 01.08.2026 02:08 Ўқилди 2613 "Barselona" o'rtoqlik o'yinida Chempionship jamoasiga yutqazdi |
![]() | 07.08.2026 01:56 Ўқилди 2580 Mareska Rodrining o'rniga o'rinbosar topib qo'ydi |
![]() | 01.08.2026 23:48 Ўқилди 2537 "Real" o'rtoqlik o'yinida "Fiorentina" bilan durang o'ynadi |
![]() | 06.08.2026 01:40 Ўқилди 2485 FIFA JCH oldidan futbol assotsiatsiyalariga Infantinoni qo'llab-quvvatlovchi tayyor xat matnlarini yubordi – ular allaqachon tashkilot rahbarlari nomidan imzolab qo'yilgan |
Реклама
Сайт хақида
