Gvardiola Rodriga qo'ng'iroq qilib, uni "Barselona"ga o'tishga ko'ndirdi
07.08.2026 07:40 Ўқилди: 255
Bu haqda jurnalist Mikel Blaskes xabar beradi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Gvardiola va ispaniyalik xavbek o'rtasidagi suhbat shu haftada bo'lib o'tgan. Murabbiy go'yoki o'yinchini Kataloniya klubining taklifini qabul qilishga ko'ndirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, suhbat tafsilotlari oshkor qilinmayapti.
Avvalroq Rodrini sotib olishga asosiy da'vogar sifatida "Real" etirof etilayotgan edi, ammo 6 avgust kuni ispaniyalik futbolchining katta ehtimol bilan faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi haqida ma'lumot paydo bo'ldi.